07:51 / 20.11.2016
8708

Saakashvili yangi harakat yaratilishini e'lon qildi

Foto: Reuters

Ukrainaning Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili "Yangi kuchlar harakati" (Rux novyx sil) harakatining yaratilishini e'lon qildi. U bu haqda feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi.   

"Bugun butun Ukrainadan bizning yuzlab tashabbuskor guruhlarimiz ofisimizda yig‘ildi. Bizning uchrashuv Ukraina xavfsizlik xizmati kuzatuvi ostida o‘tgan bo‘lsa-da, barcha yig‘ilganlarda biz nimadir yangi va juda muhim narsa yaratayotganimizdek, eski siyosiy kanallar esa bizni to‘xtata olmaydigandek his bo‘ldi. Biz Ukrainaning har bir viloyatida ishga start berdik. Biz birgalikda "biz – yangi kuchlar ruxi" degan qarorga keldik", deb yozdi Saakashvili.

Saakashvili "Rux (harakat – tahr.) biz qilayotgan barcha narsani akslantiradi, u g‘alaba ramzi" deb aytdi. U shuningdek barcha ittifoqdoshlarini 27 noyabrda Kiyevda ochiq kengashga kelishga chaqirdi.

"Biz parlament muvaffaqiyatsiz faoliyatining 2-yilida talablarimizni e'lon qilamiz va xodimlar zaxirasi yordamida siyosiy elitani yangilashni boshlaymiz", deb aytgan sobiq gubernator.

Avvalroq Saakashvili Gruziyaga topshirilishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

 

Top