15:54 / 21.11.2016
4111

Hindistondagi poyezd halokati oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 142 nafarni tashkil qilmoqda

© AFP

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida tezyurar poyezdning halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 142 kishiga yetdi, 200 nafardan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda The Indian Express nashri xabar tarqatdi.

Bundan avvalgi xabarlarda halokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 133 kishiga yetgani haqida aytilgandi. Keyingi 6 yilda kuzatilgan eng talofatli halokatga relsdagi nuqson sabab bo‘lgani taxmin qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00da Kanpur shahridan 100 km masofada Puxrayan stansiyasi hududida 2 ming kishini olib ketayotgan 23 vagondan iborat Indor—Patna tezyurar poyezdi halokatga uchradi. Poyezd o‘rta tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan, 14 vagon ag‘darilgan. Qayd etilishicha, vagonlarning aksari zamonaviy xavfsizlik talablariga javob bermaydigan holatda edi.

Mavzuga oid
Top