12:44 / 21.11.2016
5296

Messi «Barselona» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha qachon muzokara boshlashi ma'lum qilindi

«Barselona» rahbariyati klubning yetakchi futbolchisi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish masalasida ish olib bormoqda.

AS nashri ma'lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi va uning otasi bilan 3-dekabr kuni ichki chempionat doirasida «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan keyin yangi shartnoma bo‘yicha muzokara boshlanadi.

Jamoa futbolchiga 24 mln yevro miqdoridagi yillik maosh taklif qilishni rejalashtirmoqda. Ayni paytdagi shartnomaga ko‘ra Messi yiliga 29 mln yevro oladi, bu turli bonuslar hisobiga.

Bundan oldinroq OAVda Messi 2018 yilda shartnomasi tugagach «Barselona»dan ketish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Messi qaysi klubga ketishi ma'lum bo‘ldi. Agar ketsa

Goal.com: Messi «Barselona» bilan shartnoma tuzishdan bosh tortmagan

Messi «Barselona» bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha muzokara boshlaydimi?

Top