18:43 / 21.11.2016
14532

Putin: Saakashvilining gubernatorligi odessaliklarga haqoratdek bo‘lgan

Foto: news-ria.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mixail Saakashvilining Odessaga gubernator bo‘lishi odessaliklar va butun ukrain xalqiga haqoratdek bo‘lgan, deb ma'lum qildi Putinning rejissyor Oliver Stounning "Ukraina olov ichida" filmida bergan intervyusiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"Bu odessaliklar va umuman butun ukrain xalqiga tupurishdek bo‘lgan. Unga AQShda hattoki mehnat vizasini ham berishmagan. Uni ishga joylashtirishmoqchi bo‘lgan universitetlar uni doimiy ishga olishni istashmagan. Biroq u Odessa gubernatori vazifalarini bajarishi mumkin ekanda. Nima bu ishni qila oladigan vijdonli, professional va layoqatli ukrainaliklar yo‘qmidi?", deb aytgan Putin Saakashvilining gubernator etib tayinlanishi borasida.

Saakashvili 7 noyabrda Ukraina hukumatining korrupsiyaga qarshi kurashish istagi yo‘qligi sababli Odessa gubernatori lavozimidan ketishini ma'lum qilgandi. Keyinroq u yangi harakatga asos solayotganini ma'lum qilgan.

 

Mavzuga oid
Top