09:56 / 22.11.2016
3206

AQShda maktab avtobusi avtohalokatga uchrashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: Flickr

AQShning Tennessi shtatidagi Chattanuga shahrida maktab avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda WDEF mahalliy telekanali o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

Politsiyachilar YTH yuz bergan vaqtda avtobusda 35 o‘quvchi bo‘lgani, ulardan 23 nafari shifoxonaga yetkazilganini ma'lum qilgan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. 

YTH sabablari aniqlashtirilmoqda. Avtobus haydovchisi voqeani tergov qilishda ko‘mak bermoqda.

Top