09:22 / 22.11.2016
18920

Atlantic: Putin va Trampning do‘stligi uzoqqa bormaydi

AQShdagi prezidentlik saylovlaridan keyingi barcha alomatlar AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilishiga ishora qilmoqda. Biroq Brukings institutining Rossiya ishlari bo‘yicha mutaxassisi Fiona Xill o‘zgacha fikr bildirmoqda, deb yozmoqda The Atlantic.

Mutaxassis Rossiya turli xalqaro jarayonlarga ta'sir qilishda AQSh kabi huquqqa ega bo‘lishni istayotgani haqidagi fikrni bildirmoqda. Tramp "murosaga bormaydigan shaxs" bo‘lgani sababli, ziddiyatlarga bormaslikning iloji bo‘lmaydi.

Xillning fikricha, "sovuq urush" merosi, Rossiya va AQSh yetakchilari tomonidan dunyoning turli ko‘rilishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardagi tarangliklarni vujudga keltiradi.        

Xillning fikricha, AQSh va Rossiyadagi keskinlik qandaydir lahzada yana vujudga kelib, ittifoq barbod bo‘ladi. Mutaxassis "agar Rossiya AQShdan sanksiyalardan ko‘rilgan zararni qoplashni yoki AQShning Rossiya chegarasi yaqinidagi NATO davlatlarida mavjudligini kamaytirishni talab qilsa, AQSh nima qiladi?", "Agar Tramp Rossiya Suriyada hamkorlik qilayotgan Eronga nisbatan tajovuzkor siyosat olib borishni boshlasa nima bo‘ladi?, degan savollar bilan yuzlanmoqda.  

 

Top