21:42 / 22.11.2016
10123

Kechki dayjest: 22 noyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Kun.u

Yakunlanib borayotgan 22 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev: “Sharof Rashidovni ko‘klarga ko‘targan, o‘limidan so‘ng uni qoralagan tuzum adolatli edimi?”

Foto: uzlidep.uz

Shu yilning 18 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovoldi kampaniyasi doirasida O‘zLiDep partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati saylovchilari bilan muloqot o‘tkazgan edi.

>>> Batafsil.

Rustam Azimov boshqaruvidagi vazirlikning virtual qabulxonasi ishga tushdi

Skrinshot: MF.uz

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi veb-saytida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun moliya vazirining virtual qabulxonasi ochildi.

>>> Batafsil.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish qoidalari o‘zgardi

Foto: Kamolot.uz

O‘zbekiston Respublikasida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, oliy o‘quv yurtlariga to‘lov-shartnoma shakli asosida o‘qishga kirgan talabalarga “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati moddiy yordam ko‘rsatib kelar edi.

>>> Batafsil.

Ravon MDH davlatlari uchun ommaviy ravishda avtomobillar ishlab chiqarishni boshladi

GM Uzbekistan AJ tasdiqlangan rejalarga muvofiq "Ravon" brendi ostida sotiluvchi avtomobil model qatorini kengaytirishni davom ettirmoqda.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonda yana 4ta erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Foto: nuz.uz

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan yangi qarorga ko‘ra, Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida va Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinadi.

>>> Batafsil.

Rossiyada xorijiy ishchilarni kamaytirish taklifi bildirilmoqda

Foto: © RIA

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodets Rossiyaning muammoli hududlarida xorijiy ishchilar ulushi qisqartirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

>>> Batafsil.

Yaponiyada 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Foto: © Flickr/ Matt Katzenberger

22 noyabr tongida Yaponiyaning sharqiy qismida 7,3 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

>>> Batafsil.

WADA rahbarlari Rossiyani qaytarish usullarini “yashirincha” muhokama qilishdi

Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligi rahbari Kreyg Ridi va bosh direktori Oliver Niggli Rossiyaning tashkilotdagi taqdirini muhokama qilishdi.

>>> Batafsil.

Donald Tramp vazifasiga kirishganidan so‘ng dastlab nimalarga e'tibor qaratadi?

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, o‘z vazifasiga kirishganidan so‘ng ilk yuz kunida va hatto birinchi kunidayoq amalga oshirishi mumkin bo‘lgan rejalarini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Basketbol to‘pi orqali yangi jahon rekordi o‘rnatildi

Foto: Joe.co.uk

180 metr balandlikdan basketbol to‘pini aniq nishonga olgan avstraliyalik Derek Xennon yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Fotoxabar: Xitoyda 17 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yirik YTH sodir bo‘ldi

Foto: Twitter/CCTV NEWS

Xitoyning Shansi provinsiyasida 56 avtomobil ishtirokida yirik yo‘l transporti hodisasi sodir bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Tibbiy nou-xau: Dori dozalarini chiqaradigan kapsula

Foto: Newatlas.com

Kasal bo‘lish hech kimga yoqmaydi, biroq bu hodisa yuz bersa, chora-tadbirlar majmui va yozilgan dorilarni qat'iy iste'mol qilish tezroq tuzalishga imkon yaratadi. Biroq bizga ma'lumki, ayrim dorilarni ko‘rsatilgan vaqt davomiyligi bo‘yicha ichish kerak bo‘ladi.

>>> Batafsil.

2016 yil oxiriga kelib sayyoramiz aholisining yarmi internetga ulangan bo‘ladi

Foto: Louise Kennerley


2016 yil oxiriga kelib sayyoramiz aholisining yarmi internetga ulangan bo‘ladi, deb xabar bermoqda Xalqaro elektr aloqa ittifoqiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.  

>>> Batafsil.

Erdo‘g‘an Suriyadagi kurdlar ustiga hujum boshlanishi haqida ma'lum qildi

Foto: © RIA Novosti

Turkiya qurolli kuchlari qo‘llab-quvvatlayotgan "Suriya ozodlik armiyasi" Al-Bob shahri IShID jangarilaridan ozod qilinishi ortidan Manbij shahriga hujum boshlaydi.

>>> Batafsil.

Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilar ish tashlashi sababli 870 reysni bekor qildi

Foto: © EPA/FRANK RUMPENHORST

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilar ish tashlashi sababli 23 noyabrga belgilangan 870 reysini bekor qildi.

>>> Batafsil.

Top