11:49 / 22.11.2016
7173

OAV: Honkongda yonida 2,6 mln dollarga teng bo‘lgan tillasi bor erkakni tunab ketishdi 

Foto: EPA

22 noyabr kuni Honkongda yonida 20 mln honkong dollari (2,58 mln AQSh dollari atrofida) bo‘lgan shaxs noma'lum kishilar tomonidan tunab ketildi. Bu haqda Xitoyning Sina axborot agentligi ma'lum qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, megapolis ko‘chalaridan birida pichoq bilan qurollangan bir qancha shaxslar tillalar to‘la sumkani qo‘lga kiritishgan va ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan.

Ayni damda politsiya voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda. Jinoyat bilan bog‘liq boshqa ishlarga oydinlik kiritilmagan.

Top