20:10 / 22.11.2016
6842

Turkiya hukumati Suriya kurdlari partiyasi yetakchisini hibs qilish uchun order berdi

Foto: Anadolu

Turkiya hukumati Suriyadagi kurdlarning «Demokratik ittifoq» (PYD) partiyasi hamraisi Salih Muslimni fevral oyida Anqarada amalga oshirilgan terakt bo‘yicha tekshiruvlar doirasida hibsga olish uchun order berdi. Bu haqda Anadolu xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, sud jami bo‘lib 48 kishini qo‘lga olishga order bergan, ular orasida Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) yetakchilari ham bor.

KIP Turkiyada terrorchilik tashkilot sifatida tan olingan va uning mamlakatda faoliyati taqiqlangan.

Shu yilning fevralida Anqara shahri markazida portlovchi qurilmalar joylangan avtomobil portlatilgandi. Terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab kishilar jarohatlangandi.

Keyinroq kurd jangarilari bu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Top