13:46 / 22.11.2016
31142

Rustam Azimov boshqaruvidagi vazirlikning virtual qabulxonasi ishga tushdi

Skrinshot: MF.uz

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi veb-saytida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun moliya vazirining virtual qabulxonasi ochildi. 

Virtual qabulxona www.mf.uz manzilida joylashgan. Internet foydalanuvchilari yuqoridagi manzilga kirib, maxsus shaklni to‘ldirish orqali Moliya vaziri Rustam Azimovga o‘z arizalari, shikoyatlari va takliflarini qoldirishlari mumkin. 

Moliya vazirligiga murojaat yuborishda fuqarolardan elektron raqamli imzo bo‘lishi talab qilinmaydi.
 

Top