08:22 / 23.11.2016
5948

Apple kompaniyasi yana bir buklanuvchi iPhone’ga patent oldi

Apple kompaniyasi yana bir buklanuvchi iPhone’ga patent oldi, deb xabar bermoqda Apple Insider. Patentga muvofiq, bu smartfonning ekrani egiluvchandir.

Nashr bu qurilmani 1990-yillarda mashhur bo‘lgan Motorola kompaniyasining ochib-yopiluvchi telefonlariga qiyosladi. Apple’ning patent hujjatida smartfon qulay olib yurilishi uchun o‘rtasidan buklanishi aytilgan. 

Smartfonni turli variantlarda, ya'ni displeyini ichiga yoki tashqariga qaratib buklash mumkin.

Nashrning ta'kidlashicha, kompaniya bunday smartfonni yaqin orada ishlab chiqarishi dargumon, biroq u 2017 yilda egiluvchan OLED-displeyli smartfon yaratmoqchi.

Avvalroq kompaniya buklanuvchi smartfonga patent olgani ma'lum qilingandi. Patentda aytilishicha, smartfon uglerod nanoquvurlar ishlatilishi hisobiga o‘rtasidan buklanishi mumkin.

Mavzuga oid
Top