21:08 / 23.11.2016
6076

"Formula-1" poygachisi yetakchi poygachilardan biriga "nomardcha" taklif bildirdi

Foto: © Twitter

2016 yilgi "Formula-1" poygasining chempionlik unvoni uchun Abu-Dabida o‘tadigan hal qiluvchi poygasi arafasida McLaren jamoasi poygachisi Jyenson Batton o‘zining yurtdoshi, poyga yetakchilaridan biri Lyuis Xemiltonga antiqa taklif bildirdi.

Taklifga ko‘ra, Abu-Dabidagi poyga faoliyatida oxirgisi bo‘ladigan 36 yoshli Batton poyga vaqtida poyga yetakchisi, nemis Niko Rosberg bolidiga borib urilishi mumkinligini aytgan. Batton bu "nomardiligi" uchun Xemiltondan "xizmat haqi" so‘ragan.

"Lyuis juda badavlat, u xususiy samolyotda uchadi. Fikrimcha, u o‘ziga bunday sarf-xarajat qilishga ijozat bera oladi", deb aytgan poyga faxriylaridan biri va 2009 yilgi jahon chempioni Batton GQ’ga bergan intervyusida.

Batton bu xizmati qancha turishini ma'lum qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, poyganing oxirgi bosqichi oldidan Rosberg yetakchilik qilmoqda va o‘zining jamoadoshi, 2-o‘rinda borayotgan Lyuis Xemiltondan 12 ochko oldinda bormoqda. Rosberg mavsum g‘olibi bo‘lishi uchun bo‘lg‘usi poygada marraga uchinchi bo‘lib kelishi kifoya qiladi. Poyganing aksariyat bosqichlarida aynan shu ikki poygachi birinchi va ikkinchi o‘rinlarni galma-gal egallab kelishgan.

 

Mavzuga oid
Top