20:32 / 23.11.2016
36805

Kechki dayjest: 23 noyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Kun.uz

Yakunlanib borayotgan 23 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston va Rossiya harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirmoqchi

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya hukumati mamlakat prezidenti Vladimir Putinga Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish haqidagi kelishuvni imzolashni taklif qildi.

>>> Batafsil.

Rufat Risqiyev komada ekani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev koma holatida emas. Uning oila a'zolaridan birining «Kun.uz» tahririyatiga ma'lum qilishicha, u og‘ir ahvolda emas.

>>> Batafsil.

AQShning 35-prezidenti qanday o‘ldirilgan edi?

AP

Bundan 53 yil muqaddam, 1963 yil 22 noyabr, soat 12:30da Dallasning Elm-strit ko‘chasida AQShning 35-prezidenti Jon Kennediga suiqasd qilingan edi.

>>> Batafsil.

ShHT bosh kotibi Turkiyaning tashkilotga a'zo bo‘lish istagiga javob qaytardi

Foto: © AFP

Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibini tezlik bilan kengaytirish maqsadiga ega emas, deya bayonot bergan tuzilma bosh kotibi Rashid Alimov.

>>> Batafsil.

Tramp Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori, biroq...

Foto: AP

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Vashington va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish tarafdori, biroq bu yo‘nalishda tubdan burilish yasamoqchi emas.

>>> Batafsil.

Qozog‘iston poytaxti prezident sharafiga qayta nomlanishi mumkin

Foto: AFP

Majilis deputati (Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi) Kuanish Sultanov respublika poytaxti Ostonani va mamlakatdagi boshqa muhim obektlarni prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga qayta nomlashni taklif qildi.

>>> Batafsil.

AQShda kuniga 1700 nafar yangi millioner paydo bo‘lmoqda

Foto: © Fotolia

Maoshlarning sekin o‘sishi hamda yosh amerikaliklarning ishga joylashish istiqbollarining kamayishiga qaramay, AQSh dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan ko‘proq millionerlar shahri hisoblanadi.

>>> Batafsil.

Ukrainaning bosh lyustratori lavozimiga 23 yoshli qiz tayinlandi

Foto: Facebook/Anna Kalinchuk

Ukraina adliya vazirligi lyustratsiya masalalari bo‘yicha departament direktori lavozimiga 23 yoshli Anna Kalinchukni tayinladi.

>>> Batafsil.

Mo‘sul IShID qo‘lidan tez orada ozod etilishi kutilmoqda

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyer Iroqdagi Mo‘sul shahri IShID jangarilari qo‘lidan yaqin haftalar ichida butunlay ozod etilishi mumkinligi haqida ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Qo‘llari yo‘q xitoylikka kredit berishdan bosh tortildi

Foto: Vu Tszyanpin

Xitoyning Xenan viloyatidagi Chjenchjou okrugida yashovchi, qo‘llari yo‘q 25 yoshli yigitga bir necha bank undan barmoq izlari olib bo‘lmasligi sababli kredit berishni rad etdi.

>>> Batafsil.

Telegram'ning yangi versiyasida qanday qulaylik paydo bo‘ldi?

Telegram format qilish imkoni ega postlarni yaratish uchun yangi Telegraph veb-servisini ishga tushirdi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston chempionatining 2016 yilgi mavsumi yakunlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 2016 yilgi mavsumiga rasman yakun yasaldi. Bugun 30 tur doirasida yana 3ta uchrashuv o‘tkazildi.

>>> Batafsil.

«Borussiya» – «Legiya» urashuvi YeChL doirasida bir yo‘la uchta rekord o‘rnatdi

 

Dortmundning «Borussiya» va Polshaning «Legiya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (8:4) Yevropa chempionlar ligasining bir yo‘la ikkita rekordi o‘rnatilishiga sabab bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Xitoy jamoasi Igor Sergeyevni qaytarib yubordi

Shu yilning yozida Toshkentning «Paxtakor» jamoasidan Xitoyning «Beyjing Goan» jamoasi safiga borib qo‘shilgan Igor Sergeyev bu ligada uzoq vaqt qolmadi.

>>> Batafsil.

«Temir Mayk»ning ringdagi eng zo‘r «raqs»lari (Video)

Bundan 30 yil muqaddam, to‘g‘rirog‘i 1986 yilning 22 noyabr kuni Mayk Tayson tarixda og‘ir vazn toifasidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Top