08:05 / 23.11.2016
17993

Quyosh tizimiga sekin-asta xavfli yulduz yaqinlashmoqda

pixabay.com / PD

Bizning Quyosh tizimiga sayyoramizga katta talofat keltirishi mumkin bo‘lgan xavfli yulduz yaqinlashmoqda. Gap Gliese 710 mitti yulduzi haqida ketmoqda. Bu haqda OAV ma'lum qilmoqda.

Yulduz hozirda Quyoshdan 45 yorug‘lik yiliga teng uzoqlikda joylashgan (1 yorug‘lik yili 9,5 trln km ga teng). Hisob-kitoblarga ko‘ra, mitti yulduz Quyosh oldidan 1,4 mln yildan keyin uchib o‘tadi. Yulduzning yo‘li kometalar va asteroidlar kamari yonidan o‘tadi.

Gliese 710 yulduzining kuchli gravitatsion maydoni samo jismlarining kuchli tebranishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ulardan ko‘pi odatdagi orbitalarini o‘zgartirib, Yerga qarab yo‘nalishi mumkin. Kometa va asteroidlar bilan to‘qnashuv esa sayyoramizga juda xavfli bo‘lishi mumkin. 

 

Mavzuga oid
Top