19:27 / 23.11.2016
7588

Qo‘llari yo‘q xitoylikka kredit berishdan bosh tortildi

Foto: Vu Tszyanpin

Xitoyning Xenan viloyatidagi Chjenchjou okrugida yashovchi, qo‘llari yo‘q 25 yoshli yigitga bir necha bank undan barmoq izlari olib bo‘lmasligi sababli kredit berishni rad etdi.

25 yoshli Vu Tszyanpinning 5 yoshida ikkala qo‘li ham kuchli tok urishidan keyin olib tashlangan.

14 noyabrda yigit o‘zi kutmagan rasmiyatchilik muammosiga duch keldi: bir necha bank undan barmoq izlarini olishning imkoni yo‘qligi sababli unga kredit berishni rad etdi.

Tszyanpin imzosini og‘zida qo‘ya oladi, biroq pul berish uchun birgina imzoning o‘zi yetmaydi.

Mahalliy bankda ishlovchi xodimlarning aytishicha, barmoqlar izini olish standart amaliyot hisoblanadi, chunki imzoni qalbakalashtirish mumkin.

Tszyanpin bilan yuz bergan hodisa Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida yashin tezligida tarqadi. Mahalliy aholi banklarning haddan tashqari rasmiyatchilikka amal qilishini tanqid qilganlar. Shundan keyin nogiron yigitning iltimosini rad etgan bir necha bank o‘z qarorini o‘zgartirishga qaror qilgan.

 

Top