19:27 / 23.11.2016
9681

Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti rektori ToshDO‘TAUning ochilishiga ijobiy baho berdi

2016 yilning 17-18 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida “Turkologiyaning hozirgi zamon muammolari: til-adabiyot-madaniyat” mavzuida xalqaro konferensiyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada 15 dan ortiq mamlakatlardan professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar. 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchilari Ismoilov G‘ulom, Otajonova Manzura hamda Nodirbek Jo‘raqo‘ziyevlar  o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti rektori professor V.M. Filipov konferensiya ishtirokchilarini tabriklar ekan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti haqida  to‘xtalib, mazkur oliy dargohning ochilishiga yuksak baho berdi. Rektor o‘z so‘zida universitetga buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy nomi berilganligini alohida e'tirof etar ekan, bunday quvonchli hodisalar turkiy tillar rivojida katta ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

 

Top