10:01 / 23.11.2016
24201

Telegram'ning yangi versiyasida qanday qulaylik paydo bo‘ldi?

Telegram format qilish imkoni ega postlarni yaratish uchun yangi Telegraph veb-servisini ishga tushirdi. Bundan tashqari, mobil ilovada tashqi saytlardagi maqolalarni messenjer ichida ko‘rish imkoni ham paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniya blogi orqali ma'lum qilindi.

Odatdagi qalin hamda kursiv shriftdan tashqari, redaktorda tekst hajmini katta va kichiklashtirish, surat va videoga havola qo‘shish imkoni mavjud. Redaktorda yaratilgan barcha postlarni messenjerning yangi “darhol ko‘rish” funksiyasi orqali tomosha qilish mumkin.

Bu funksiya tashqi saytlardagi maqolalarni messenjer ichida ko‘rish imkonini beradi. U hozirda Medium blogxostingi, TechCrunch nashri va boshqa bir qator platformalar bilan ishlay oladi.

Foto: Telegram.org

Ushbu saytlardagi maqolaning havolasi kelganda prevyu bilan birgalikda Instant View tugmasi paydo bo‘ladi. Uning yordamida maqolani messenjerning ichida brauzerdagi ko‘rinishda o‘qish mumkin.

Kompaniya bergan ma'lumotga ko‘ra, keyinroq ushbu funksiya ishlaydigan saytlar soni oshib boradi, so‘ngra ushbu funksiya barcha saytlar bilan ishlay oladigan ko‘rinishga keltiriladi.

Foto: Telegram.org

Messenjerning yangi versiyasidagi yana bir o‘zgarish bu o‘rnatilgan taqvim bo‘lib, uning yordamida chatdagi kerakli vaqtga o‘tish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek kompaniyaning ma'lum qilishicha, messenjerning Android versiyasida qator o‘zgarishlar kiritilgan. Yangi versiya ilovaning interfeysidagi o‘zgarishlardan tashqari, kamera bilan ishlashni tezlashtirish va kengaytirilgan xavfsizlik sozlamalarini olib keladi. 

Top