08:29 / 23.11.2016
7657

Tesla Tinch okeanidagi butun boshli orolni quyosh batareyasiga o‘tkazdi

Foto: blog.solarcity.com

Amerikaning Tesla kompaniyasi Tinch okeanida joylashgan Tau orolini dizel generatorlaridan quyosh batareyalariga o‘tkazdi. Ushbu loyiha haqida kompaniya blogida batafsil so‘z yuritilgan. 

Xabarlarga ko‘ra, Tesla orol hududida 5,3 ming quyosh panellarini o‘rnatgan va olingan energiyani saqlaydigan 60ta Tesla Powerpack batareyalarini joylashtirgan. Bu esa orolning elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyojini «qariyb yuz foiz» qoplaydi. 

Barcha panellarning umumiy quvvati 1,4 MVtni tashkil etadi. Loyiha orolning qariyb 600 nafar aholisini elektr energiyasi bilan ta'minlashga kifoya qiladi. 


Mavzuga oid
Top