17:22 / 23.11.2016
9621

Zimbabvening birinchi raqamli xonimi o‘zini prezidentdek his qilishini aytdi

Foto: AP

Zimbabvening birinchi raqamli xonimi Greys Mugabe hukumatdagi yuqori lavozimlarga da'vogarlik qilishiga hojat yo‘q, deb hisoblaydi. Zero u shundoq ham eri bilan birga davlat boshqaruviga oid masalalarni hal qiladi. U Mashonalend uest provinsiyasi ayollar ligasi bilan bo‘lgan uchrashuvda shu haqida ma'lum qildi

"Men prezidentning turmush o‘rtog‘iman, demak davlat rahbariman. Barcha ishlarni o‘zim rejalashtiraman va prezident bilan birga amalga oshiraman, bundan ortiq yana nima kerak?!", - deya birinchi xonimning so‘zlarini keltiradi News Day.

51 yoshli Greys Mugabe hukmron ZANU-PF ayollar ligasini boshqarib keladi. So‘nggi paytlarda uning vitse-prezident bo‘lish istagida ekanligiga doir xabarlar paydo bo‘ldi. OAVga ko‘ra, shundan keyin u 92 yoshli eri Robert Mugabening o‘rnini egallashi mumkin. Kuzatuvchilar Greys va birinchi vitse-prezident Emmerson Mnangagvuni dunyoning eng keksa davlat rahbari o‘rniga asosiy nomzod deb hisoblashmoqda. 

Mugabening o‘zi hukmron partiyada kelgusi prezident nomzodligi uchun kurash ketayotganligidan xabardor. "Mening o‘limimni kutayotgan va nima uchun hali-hanuz tirikligim ekanligimga ajablanadigan odamlar bor ekanligini yaxshi bilaman. Parvardigor meni hali chaqirmagan bo‘lsa, nima uchun o‘lishim kerak ekan?", - deydi prezident. 

Prezident o‘z lavozimini tark etadigan vaqt kelganda bu ishni munosib amalga oshirishini ta'kidladi. Biroq Janubiy Afrika yetakchisi tafsilotlarga berilmadi. 

Zibmabveni 1980 yildan buyon boshqarib kelayotgan Mugabe bir necha marotaba davlatni 100 yoshgacha boshqarish niyati borligini bildirgan. Konstitutsiya unga yana bir muddatga saylanish huquqini beradi, shunday bo‘lgan taqdirda, u 2018 yilda prezident lavozimiga qayta saylanib, Zibmabveni 99 yoshgacha boshqarishi mumkin. 

 

Mavzuga oid
Top