05:21 / 24.11.2016
6852

Yaponiya sharqida 6,1 magnitudali takroriy zilzila yuz berdi

Foto: © AP

Yaponiya sharqida payshanba kuni tongda (Toshkent 2:23) 6,1 magnitudali takroriy zilzila sodir bo‘ldi. Yer osti silkinishlari Tokio shahrida ham sezilgan.

Bu balandligi 1,4 metr bo‘lgan sunamini keltirib chiqargan 7,4 magnitudali zilziladan keyingi takroriy silkinish bo‘ldi.

Yapon meteomarkazi bergan ma'lumotga ko‘ra, mahalliy 7 ballik shkalada yer osti silkinishlarining kuchi ba'zi hududlarda, shu jumladan, Fukusimada ham 4 ballgacha yetgan.

Hozirda vayron bo‘lgan joy va jabrlangan insonlar haqida xabar olinmagan, AESda ham g‘ayrioddiy holatlar kuzatilmagan.

 

Top