07:33 / 24.11.2016
83527

Xitoyda avtomobil raqami deyarli 500 ming dollarga sotildi

Foto: Sinxua

Xitoydagi auksionda antiqa kombinatsiyadagi avtomobil raqami 3,2 mln yuanga (464 ming dollar) sotildi, deb xabar bermoqda ejinsight.com.

Mutaxassislarning fikricha, bu raqamning narxi to‘liq oltindan yasalgan raqamning narxidan 17 barobar qimmatroqni tashkil qilgan.

Xaridorni V99999 raqami jalb qilgan. Xitoyda 9 raqami farovonlik va boylik ramzi hisoblanadi. Bundan tashqari, bu raqam uzoq umr ko‘rish bilan bog‘lanadi.

Xitoyliklar "baxtli" raqamlarga juda katta e'tibor berishadi va ularni qo‘lga kiritish uchun mo‘maygina pul sarflashga ham tayyorlar.

 

Top