20:51 / 24.11.2016
10724

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari

Foto: Kun.uz

Yakunlanib borayotgan 24 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
 
Virtual qabulxona haydovchi militsiya xodimini videotasvirga olishi qonunga zid emasligini "tasdiqladi"

Ayrim holatlarda haydovchi va militsiya xodimi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Xo‘sh, bunday holatda o‘z vazifasini ado etayotgan DAN xodimini videotasvirga tushirsa bo‘ladimi? Aksariyat holatlarda bunga DAN xodimi e'tiroz bildirishi tabiiy.

>>> Batafsil.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” tasarrufidagi ikkinchi Boeing 787 Dreamliner bilan ilk parvozni amalga oshirdi

Joriy yilning 23 noyabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi Boeing 787 Dreamliner samolyotida ilk parvozni amalga oshirdi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston xalqaro armiyalar tanloviga taklif etildi

2016 yil 23 noyabrida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida QR mudofaa vaziri general-polkovnik Saken Jasuzakov O‘zbekiston Respublikasi Bosh shtabi Bosh boshqarmasi rahbari polkovnik Farxod Shermatovni qabul qildi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston energetika sohasi  Jahon banki ko‘magida modernizatsiya qilinadi

2016 yil 23 noyabrda Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari nimstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasiga 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratish bo‘ycha qaror qabul qildi.

>>> Batafsil.

Isroil uchinchi kundirki o‘rmon yong‘inlari qurshovida

Foto: Haaretz

22 noyabr seshanba kunidan boshlangan o‘rmon yong‘inlari Isroil uzra tarqalmoqda. Bunga, ikki oydan beri davom etgan qurg‘oqchilik va kuchli shamol esayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonlik qotil-enaga jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi

Foto: rbc

Moskvadagi Xoroshevskiy sudi 4 yoshli qizning o‘limida ayblangan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovani jinoiy javobgarlikdan ozod qildi va uni majburiy psixiatrik davolanishga jo‘natdi.

>>> Batafsil.

YeI parlamenti Turkiyaning tashkilotga a'zoligini vaqtinchalik muzlatish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Foto: AFP

Yevropa parlamenti 24 noyabr, payshanba kuni Strasburgda Turkiyaning blokdagi a'zoligini vaqtinchalik muzlatishga doir tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.

>>> Batafsil.

Xitoy elektrostansiyasidagi halokat qurbonlari soni 67 nafarga yetdi

Foto: AP

Xitoyning Tszyansi provinsiyasidagi eletrostansiyada sodir bo‘lgan halokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi.

>>> Batafsil.

Burgut Saudiya Arabistoni havo kemasi qanotini teshib o‘tdi

Foto: Daily Mail

Saudiya podshohligining Saudi Arabian Airlines samolyoti bilan kam uchraydigan hodisalardan biri ro‘y berdi.

>>> Batafsil.

Tadqiqot: Arktika Alyaska va Texas hududiga teng muzliklaridan mahrum bo‘ldi

Foto: © Fotolia

Shimoliy muz okeani ekologiyasi global iqlim isishidan jiddiy o‘zgarishlarga uchradi. Va bularning barcha mintaqadagi barcha hayvonot dunyosi, morjlar, qutb ayiqlari va kitlarga ta'sir ko‘rsatmoqda.

>>> Batafsil.

Nazarboyev keyingi prezident farzandi bo‘lishi mumkinligiga oydinlik kiritdi

Foto: bloomberg.com

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Bloomberg agentligiga intervyu berdi. Unda qozoq davlati rahbari farzandlarini o‘zining siyosiy merosxo‘ri bo‘lishiga oid savollarga oydinlik kiritdi. 

>>> Batafsil.

Smartfonlar uchun soniyali quvvat: AQShda yangi akkumulyator ishlab chiqishdi

Foto: UCF

AQShda Florida Markaziy universitetida (UCF) bir necha soniyada to‘la quvvatlanuvchi akkumulyator ishlab chiqishdi.

>>> Batafsil.

Stiven Jyerrard futbolchilik faoliyatini yakunladi

«Liverpul» va Angliya terma jamoasining sobiq sardori Stiven Jyerrard futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

>>> Batafsil.

Top