20:44 / 24.11.2016
33752

Putin Rossiya uchun chegara yo‘qligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rus geograflari jamiyati (RGO) marosimida ishtirok etdi. Yosh geograflarni taqdirlash marosimi videosi RT saytining YouTube portalidagi kanaliga joylashtirgan.

Marosim yakunida boshlovchi Valdis Pelsh sahnaga 9 yoshli Miroslav Oskirko va 5 yoshli Timofey Tsoyni chaqirgan.

Rossiya rahbari bolalardan birini so‘roqqa tutib, Uagadugu shahri qaysi davlat poytaxti ekanini so‘ragan. Bola esa «Burkina-Faso» javobini aytgan. Putin savolni davom ettirib, bu davlat avval qanday nomda bo‘lganini so‘ragan. Timofey avvaliga ikkilanib turgan, keyin esa: «Qanaqadir yuqori» deya javob qaytargan. Prezident «Volta» so‘zini qo‘shgan va bolakayni maqtagan.

Sahnadagi ikkinchi bola Miroslav esa Rossiya prezidentiga geografiyani yaxshi bilishi, barcha davlatlar chegaralarini aniq hisoblay olishini aytgan». Putin esa undan Rossiyaning chegarasi qayerda tugashini so‘ragan. Bola Rossiya chegarasi narigi tomonida «AQSh joylashgan» Bering bo‘g‘oziga qadar cho‘zilganini aytgan.

«Rossiya chegarasi hech qayerda tugamaydi!» — degan bunga javoban Putin.

Top