08:26 / 24.11.2016
5864

Tokioda 54 yil ichida birinchi marta noyabrda qor yog‘di

Foto: AP

Yaponiya poytaxti Tokioda 54 yil ichida birinchi marta noyabrda qor yog‘di, deb xabar bermoqda NHK telekanali. 

Ma'lum qilinishicha, noyabr qori 24 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 06.15 da yog‘a boshlagan. Bundan tashqari, Yokogama, Kofu, Utsunomiya, Mayebasi va Mito shaharlarida ham qor yog‘moqda.

Ob-havo mutaxassislarining fikricha, 25 noyabr tongigacha Tokioda 2 santimetrlik qor yog‘ishi mumkin. Bu esa shahardagi transport qatnovining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. 

Top