09:53 / 25.11.2016
4539

Amazon arab onlayn-riteylerini 1 milliard dollarga sotib olmoqchi

Foto: Getty Images

Amazon arab dunyosidagi eng yirik onlayn-riteyler Souq.com’ni 1 mlrd dollarga xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga tayangan holda. Bu kelishuv Amerika gigantiga Yaqin Sharqdagi o‘z biznesining kengaytirish imkonini beradi.

Agentlik suhbatdoshining ma'lumotlariga ko‘ra, Amazon elektron savdo platformasini butunligicha sotib olmoqchi. Avvalroq Souq.com kompaniya aksiyalarining faqatgina 30 foizini sotmoqchiligi ma'lum bo‘lgandi. Xabar qilinishicha, tomonlar yakuniy qarorga kelishmagan. 

Manba ma'lumotiga qaraganda, Souq.com ehtimoliy xaridorlarni topish maqsadida Amerikaning Goldman Sachs banki xizmatidan foydalandi. Ortayotgan talab tufayli elektron savdo platformasining qiymati 1,2 mlrd dollarga yetishi mumkin. 

Ma'lumot uchun, Souq.com Saudiya Arabistoni, BAA va Misrlik mijozlarga 1,5 mln.dan ortiq mahsulotlarni onlayn-sotish bilan shug‘ullanadi.

 

Mavzuga oid
Top