17:59 / 25.11.2016
50846

Avtomobil oynasi terlamasin desangiz... nima qilish kerak?

Aksariyat haydovchilar yilning yog‘ingarchilik yoki qish mavsumida havo harorati keskin tushishi natijasida avtomobil oynalari terlashidan ko‘p aziyat chekishi bor narsa. Ko‘rishning cheklangani esa, o‘z navbatida, yo‘l harakatini kuzatishga xalaqit beradi va mashina boshqarish xavfini kuchaytiradi. 

AdMe.ru sayti yuqoridagi tashvishdan xalos etish usulini taqdim etmoqda. 

 

Buning uchun sizga:

1. Har qanday paxtali paypoq

2. Nam so‘ruvchi mahsulot (istalgan zoodo‘konda xarid qilish mumkin)

3. Skotch yoki har qanday yopishqoq lenta o‘rami kerak bo‘ladi.

 

Nima qilasiz:

1. Paypoqni yumaloq o‘ramni ichidan o‘tkazasiz.

2. Nam so‘ruvchi mahsulotni paypoqni yarmigacha to‘ldirasiz.

3. O‘ramni olib, paypoqni yaxshilab bog‘laysiz.

4. So‘ngra avtomobil salonida ochiqroq joyga qo‘yish kifoya. 

Nam so‘ruvchi mahsulot havoda namlikni o‘ziga tortib oladi va sizni mashinangiz oynasi terlamaydi hamda toza va shaffofligini saqlab qoladi. Siz esa, asabingizni saqlaysiz. 

Mavzuga oid
Top