23:23 / 25.11.2016
12464

Gvardiola Messi «Manchester Siti»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Lionel Messining «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berib o‘tdi.

«Men sizga buni bir necha marotaba aytganman, Messi «Barselona»da qoladi va faoliyatini o‘sha yerda yakunlaydi.

Bu mening istagim. Men uning yo‘li «Barselona»da boshlanib o‘sha yerda tugashini xohlayman», – degan Gvardiola.

Oldinroq, «Manchester Siti» Messini 200 million funt evaziga xarid qilmoqchiligi, unga haftasiga 500 ming funt maosh bermoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top