21:38 / 25.11.2016
58204

Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi

Foto: Instagram/mirzabek_xolmedov

Bugun ijtimoiy tarmoqlar, shu jumladan telegram kanallari orqali taniqli so‘z ustasi Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabarlar tarqaldi. 

"Mirzabek Holmedov kutilmaganda yuz bergan yurak xuruji oqibatida bugun soat 16:50da kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi", deb yozilgan xabar matnida. 

Kun.uz nashri Mirzabek Holmedovning oila a'zolari bilan bog‘lanib, bu xabarning yolg‘on ekanligini aniqladi. Ma'lum bo‘lishicha, san'atkor hozirda ko‘hna Samarqand shahrida gastrol safarida ekan. 

Mirzabek Holmedovning o‘g‘li Ulug‘bek o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali ham bu xabarga munosabat bildirib, uning yolg‘on ekanligini tasdiqladi. 

Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda "Dev va pakana" filmi orqali tomoshabinlarga tanilgan aktyor Nodir Saidaliyevning bevaqt o‘limi haqida xabar berilgandi. Shu munosabat bilan aktyor bilan bir filmda ishlagan taniqli so‘z ustasi Obid Asomov o‘zining Instagram'ida aktyorning oila a'zolariga hamdardlik bildirgan, ushbu post ostida  Mirzabek Holmedov ham Nodir Saidaliyevning oilasi hamda do‘stlariga sabr tilab, izoh qoldirgan. 

Top