08:06 / 26.11.2016
7634

Yanukovich Ukrainaning hududiy yaxlitligi saqlanib qolinishini istashini aytdi

Foto: © RIA Novosti

Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Ukrainaning hududiy yaxlitligi saqlanib qolinishini istashini ma'lum qildi. U bu haqda Rostov-Dondagi matbuot-anjumanida aytdi. Bu intervyuni "112 Ukraina" telekanali namoyish qilgan.

"Men Donbass Ukraina tarkibida bo‘lishi, hududiy yaxlitlik saqlanib qolinishi tarafdoriman", deb aytgan Yanukovich. 

Uning aytishicha, u avvalboshdan Donbassning Ukrainadan ajralishiga qarshi chiqqan,. Uning aytishicha, bu "radikallar qon to‘kishni boshlagan tartibsizliklarga salbiy munosabat bildirgan odamlarning his-hayajonda qabul qilgan qarori" bo‘lgan.  

Yanukovich ixtilofni hal qilish uchun "o‘q otishlarni to‘xtatish va qo‘shinlarni olib ketish kerakligini" aytdi.

"Agar shunday yangilikni bugun Poroshenko e'lon qilganda, bu eng yaxshi yangilik bo‘lardi, u qurshovda bo‘lgan odamlarni baxtiyor qilgan bo‘lardi", deb qo‘shimcha qildi Yanukovich.
 

Top