15:21 / 26.11.2016
17001

Tramp Oq uydagi o‘zgarishlar haqida e'lon qildi

Foto: © RIA Novosti

AQShning 45-prezidenti Donald Tramp juma kuni milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchi o‘rinbosari hamda Oq uyning yangi huquqiy maslahatchisi tayinlanishi haqida e'lon qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari lavozimini sobiq amaldor, hozirda esa Fox News telekanali tahlilchisi Ketlin MakFarlend egallaydi. 

Tramp "Makfarlend yig‘ilayotgan fantastik jamoaga ulkan tajriba qo‘shishi"ni ta'kidlab o‘tdi. U xalq xavfsizligini ta'minlashdan muhim hech bir narsa yo‘qligiga urg‘u berdi. 

Oq uyning bosh huquqiy maslahatchisi lavozimiga esa Trampning saylov oldi kampaniyasida xizmat qilgan mashhur huquqshunos Don Makgen tayinlandi. 

Donald Trampning fikricha, Makgen ijobiy xulqi va konstitutsion huquqni chuqur tushunish qobiliyatiga ega. Respublikachi ma'muriyatda uning roli juda muhim bo‘lishini ta'kidladi.  

Tramp boshchiligidagi yangi ma'muriyat 2017 yilning 20 yanvaridagi inaguratsiyasidan so‘ng o‘z faoliyatini boshlaydi. 

Mavzuga oid
Top