19:57 / 27.11.2016
21283

Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

 

Shavkat Mirziyoyev: “Sharof Rashidovni ko‘klarga ko‘targan, o‘limidan so‘ng uni qoralagan tuzum adolatli edimi?”

Foto: uzlidep.uz

Shu yilning 18 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovoldi kampaniyasi doirasida O‘zLiDep partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati saylovchilari bilan muloqot o‘tkazgan edi.  

>> Batafsil


Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish qoidalari o‘zgardi

Foto: Kamolot.uz

O‘zbekiston Respublikasida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, oliy o‘quv yurtlariga to‘lov-shartnoma shakli asosida o‘qishga kirgan talabalarga “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati moddiy yordam ko‘rsatib kelar edi. Endilikda, mazkur yordamni ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartish va tuzatishlar kiritildi. 

>> Batafsil


Rustam Azimov boshqaruvidagi vazirlikning virtual qabulxonasi ishga tushdi

Skrinshot: MF.uz

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi veb-saytida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun moliya vazirining virtual qabulxonasi ochildi. 

>> Batafsil

Skrinshot: Minjust.uz

Jumladan,  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining virtual qabulxonasi ham faoliyat ko‘rsatayotgani ma'lum qilindi.

>> Batafsil 


O‘zbekistonda yana 4ta erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Foto: nuz.uz

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan yangi qarorga ko‘ra, Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida va Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinadi.

>> Batafsil


O‘zbekiston va Rossiya harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirmoqchi

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya hukumati mamlakat prezidenti Vladimir Putinga Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish haqidagi kelishuvni imzolashni taklif qildi. Bu haqda Rossiya huquqiy axborot internet-portalida ma'lum qilingan.

>> Batafsil 


O‘zbekistonda prezident sayloviga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlanadi

Foto: UZA.UZ

Bu tadbir saylov kunida mehnat safari bilan o‘z yashash manzilida bo‘lmaydigan va saylovda qatnasha olmaydigan saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida o‘tkaziladi.

>> Batafsil 


O‘zbekiston xalqaro armiyalar tanloviga taklif etildi

2016 yil 23 noyabrida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida QR mudofaa vaziri general-polkovnik Saken Jasuzakov O‘zbekiston Respublikasi Bosh shtabi Bosh boshqarmasi rahbari polkovnik Farxod Shermatovni qabul qildi.

>> Batafsil 


YeXHT DIIHBning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasining oraliq xulosalari

Foto - newsby.org

“Hokimiyat o‘tkazilishi izchillik va barqarorlik sharoitlarida amalga oshirilmoqda. Jamiyatda bunga ishonch kuchlidir”, – YeXHT DIIHB missiyasi kuzatuvchilarining xulosasi shunday.

>> Batafsil

Bundan tashqari YeXHT missiyasi O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi vaqtida debatlar o‘tkazilmayotganiga e'tibor qaratdi

>> Batafsil

 

Toshkentda Islom Karimovga haykal qo‘yiladi

Foto: «Jahon» AA

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun mamlakat poytaxti Toshkent shahrida uning nomidagi maydon barpo etilishi bo‘yicha tashabbuslar bildirilmoqda.

>> Batafsil 


Toshkentda 1 milliard dollar evaziga biznes markazi quriladi

Foto: Meros.uz

2017 yilda poytaxtning markaziy tumanlaridan birida 70 gektar maydonga tadbirkor va banklar tomonidan 1 milliard dollar mablag‘ ajratiladigan «Toshkent Siti» biznes markazi qurilishi boshlanadi.

>> Batafsil 

 

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda hal qilinishi lozim muammolar va kelgusidagi loyihalar haqida gapirib o‘tdi

Foto: uzlidep.uz

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi. Nomzodning uchrashuvdagi nutqi to‘liq holda «Toshkent oqshomi» gazetasida chop etilgan.

>> Batafsil 


O‘zbekistonliklar chiqish vizasini bekor qilishga doir petitsiyani imzolashmoqda

Shange.org saytida O‘zbekiston fuqarolari tashabbusi guruhi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlarini vaqtinchalik bajaruvchi, Bosh vazir Sh.M.Mirziyoyev nomiga murojaat xati (petitsiya) bitildi. 

>> Batafsil 

 

O‘zA: O‘zbekistonda 6 daqiqa ichida 2 marta zilzila ro‘y berdi

Agentlikning «Toshkent» seysmologiya markaziga asoslanib xabar berishicha, bugun O‘zbekistonda ikki marta zilzila kuchi sezildi.

>> Batafsil 

 

Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro vafot etdi

Foto: © EPA

“Ozodlik oroli”- Kuba inqilobi yetakchisi, Fidel Kastro 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

>> Batafsil 

Shu munosabat bilan dunyoning qator yetakchilari o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishdi

>> Batafsil 

Fidel Kastro bosib o‘tgan yo‘lga nazar

>> Batafsil


Ashxabodda Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo‘yicha birinchi xalqaro anjuman bo‘lib boshlandi

Foto: Kun.uz

27 noyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahridagi muhtasham anjumanlar saroyida Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo‘yicha birinchi xalqaro anjuman boshlandi.

>> Batafsil


Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov so‘zga chiqdi.

Foto: Kun.uz

>> Batafsil

 

Amudaryo ustidan O‘zbekiston va Turkmanistonni bog‘lovchi ko‘priklar bunyod etiladi

2017 yil boshida Amudaryo ustidan o‘tuvchi, O‘zbekiston va Turkmaniston transport magistrallarini bog‘lovchi avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari foydalanishga kiritiladi.

>> Batafsil


Hindistondagi poyezd halokati qurbonlari soni 133 kishiga yetdi

Foto: Reuters

20 noyabr kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yo‘lovchi poyezdi halokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 133 kishini tashkil etdi. The Hindu xabariga ko‘ra yana 300 kishi yaralangan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston hukumati Hindiston hukumatiga hamdardlik bildirdi.

>> Batafsil

 

WADA rahbarlari Rossiyani qaytarish usullarini “yashirincha” muhokama qilishdi

Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligi rahbari Kreyg Ridi va bosh direktori Oliver Niggli Rossiyaning tashkilotdagi taqdirini muhokama qilishdi.

>> Batafsil

 

Tramp: AQSh Transtinch okeani hamkorligidan chiqadi

Foto: © AP

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp davlat rahbari vazifasini bajarishga kirishganidan so‘ng, mamlakatni Transtinch okeani hamkorligi tarkibidan olib chiqish niyatida ekanini tasdiqladi.

>> Batafsil


Donald Tramp vazifasiga kirishganidan so‘ng dastlab nimalarga e'tibor qaratadi?

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, o‘z vazifasiga kirishganidan so‘ng ilk yuz kunida va hatto birinchi kunidayoq amalga oshirishi mumkin bo‘lgan rejalarini ma'lum qildi. U o‘z rejalariga oydinlik kirituvchi videomurojaatni e'lon qildi. 

>> Batafsil

 

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilar ish tashlashi sabab minglab reyslar bekor qilindi

Foto: © AFP

Ish tashlashga aviakompaniyalar xodimlari manfaatini bildiruvchi Vereinigung Cockpit kasaba uyushmasi chaqirgan. Tashkilot mavjud tarif kelishuvlariga o‘zgartirishlar kiritish, jumladan Lufthansa aviakompaniyasi, uning sho‘'ba aviakompaniyasi Germanwings hamda Lufthansa Cargo yuk bo‘limi uchuvchilarining ish haqi 5 yil davomida 22 foizga oshirilishini talab qilmoqda.

>> Batafsil

 

Qozog‘iston poytaxti prezident sharafiga qayta nomlanishi mumkin

Foto: © AFP

Majilis deputati (Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi) Kuanish Sultanov respublika poytaxti Ostonani va mamlakatdagi boshqa muhim obektlarni prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga qayta nomlashni taklif qildi.

>> Batafsil 

Jumladan, variantlar orasida — Nazarboyev, Nursulton va Nur-Ostona nomlari bor.

>> Batafsil 

«Men barchaga, parlamentga bizning rivojlanish bosqichlarimiz qayd etilgan deklaratsiyamiz uchun rahmat aytaman. Bu deklaratsiyada mening rolim alohida qayd etilgan. Albatta, inson sifatida bu men uchun yoqimli», — degan Nazarboyev.

>> Batafsil 


Turkiya EI qo‘yib ShHT ga a'zo bo‘lishi mumkinmi?

Foto: AFP

Yevropa parlamenti 24 noyabr, payshanba kuni Strasburgda Turkiyaning blokdagi a'zoligini vaqtinchalik muzlatishga doir tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

>> Batafsil 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, YeI turk hukumatiga qarshi siyosatini davo ettiradigan bo‘lsa, muhojirlar uchun Yevropa chegaralarini ochib yuboradi.

>> Batafsil 

Turkiya Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘la olmaydi. Bu haqida Yevroparlamentning xristian demokratlar fraksiyasi rahbari Manfred Veber "Neue Osnabrücker Zeitung" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

>> Batafsil

Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Yevroittifoq  Turkiyaga "aql o‘rgatishi" shart emasligini ma'lum qildi.

>> Batafsil 


"Deyarli har kuni teraktlarga duch keladigan Turkiyadan terrorchilik tuzilmalari bilan kurash olib bormaslikni talab qilish davlatni terrorchilar ixtiyoriga topshirish bilan teng kuchlidir", deb aytdi Erdo‘g‘an.

>> Batafsil 


ShHT bosh kotibi Turkiyaning tashkilotga a'zo bo‘lish istagiga javob qaytardi

Foto: © AP

Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibini tezlik bilan kengaytirish maqsadiga ega emas, deya bayonot bergan tuzilma bosh kotibi Rashid Alimov. U Turkiyaning ShHTga qo‘shilishi imkoniyatiga izoh berar ekan, shunday fikrni bildirgan.

>> Batafsil

 

Isroil yong‘inlari qurshovida

Foto: Haaretz

Isroil xavfsizlik idoralarining ayrim xodimlari, ushbu yong‘inlar siyosiy maqsadda qasddan o‘t qo‘yish natijasida yuz berganini taxmin qilishmoqda. Biroq, shu bilan birga, yirik tashkilotlar qo‘li borligi inkor qilinmoqda.

>> Batafsil

Hafta oxiriga kelib yong‘inlar tamomila o‘chirilgan. Jerusalem Post xabariga ko‘ra, 1 hafta mobaynida yong‘inlar 750 gektar maydondagi o‘rmonni yo‘q qildi.

>> Batafsil 

 

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga kirishni soddalashtirdi

22 noyabrda Tailand vazirlar mahkamasi 19 ta davlat, jumladan O‘zbekistondan keluvchi sayyohlar uchun viza yig‘imidan voz kechish va Tailandga kelgach olinadigan viza to‘lovini ikki marotaba kamaytirishga qaror qildi.
>> Batafsil 


O‘zbekistonlik qotil-enaga jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi

Foto: RBK

Moskvadagi Xoroshevskiy sudi 4 yoshli qizning o‘limida ayblangan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovani jinoiy javobgarlikdan ozod qildi va uni majburiy psixiatrik davolanishga jo‘natdi.
>> Batafsil 


O‘zbekiston chempionatining 2016 yilgi mavsumi yakunlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 2016 yilgi mavsumiga rasman yakun yasaldi. Bugun 30 tur doirasida yana 3ta uchrashuv o‘tkazildi.

>> Batafsil 


Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari to‘rtta medalni qo‘lga kiritishdi

26 noyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.

>> Batafsil 

Top