16:41 / 27.11.2016
6794

Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari to‘rtta medalni qo‘lga kiritishdi 

26 noyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Bu haqda Olamsport xabar bermoqda.

60 kg vaznda qatnashgan o‘zbekistonlik bokschi Bilolbek Mirzarahimov final jangida AQShlik bokschi Delant Jonsonga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston vakillaridan Otabek Xolmatov (52 kg), Shunqor Abdurasulov (56 kg), Shohruz Rahimov (91 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi. 

Top