Kaspiy dengizi hududida Eron milliy neft kompaniyasi (NIOC) vertolyoti halokatga uchragan. Bu haqda IRNA agentligi xabar tarqatdi.
Xabarda vertolyot qulashiga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilgan.
Ayni vaqtda qutqaruvchilar hududdan 3 kishining jasadini topishgan. Yana 2 yo‘lovchining jasadini qidirish ishlari olib borilmoqda.