10:38 / 27.11.2016
9255

Toshkent hayvonot bog‘i hududida bolalar o‘yinchog‘i sotish taqiqlandi

Foto: tashkentzoo.uz

Toshkent hayvonot bog‘i ma'muriyati bog‘ hududida bir martalik polietilen idishdagi ovqat, shuningdek, o‘yinchoqlar sotishni taqiqladi. Bu haqda Toshkent hayvonot bog‘ining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Ma'muriyatning ta'kidlashicha, mazkur qarorga bog‘ hududidagi jonivorlarning o‘yinchoqlar yoki boshqa buyumlarni yutib yuborib, nobud bo‘layotgani sabab etib ko‘rsatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent hayvonot bog‘ida 10 noyabr kuni Nil daryosi timsohi halok bo‘lgan edi. Uning oshqozoni yaxshilab o‘rganilganda, u yerdan bolalar o‘yinchog‘i aniqlangan, deb xabar bergan edi hayvonot bog‘i ma'muriyati. 

Shuningdek, hayvonot bog‘i ma'muriyati tashrif buyuruvchilarga murojaat etar ekan jonivorlarga yemish tashlamaslikni, ularning g‘amxo‘rligini bog‘ ma'muriyati o‘z zimmasiga olganini ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid
Top