11:37 / 27.11.2016
5884

«Valensiya»ni mag‘lub etgan «Sevilya» «Barselona»ni quvib o‘tdi

Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan yana ikkitasi bo‘lib o‘tdi. Eng e'tiborli uchrashuvlardan birida «Sevilya» «Valensiya»ni o‘z uyida qabul qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Ramon Sanches Pisxuan» stadionida kechgan o‘yinda avvaliga 53-daqiqada Ezekiyel Garay o‘z darvozasiga to‘p kiritib, mezbonlarga ko‘maklashib yuborgan bo‘lsa, keyinroq sobiq «Barselona» futbolchisi Munir hisobni tenglashtirgandi. Biroq 75-daqiqaga kelib Nikolas Parexa tomonidan kiritilgan gol andalusiyaliklarga g‘alabani taqdim etdi. 

Ushbu g‘alabadan keyin «Sevilya» hisobidagi ochkolar soni 27 ochkoga yetdi va jamoa «Barselona»ni quvib o‘tib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bugun kataloniyaliklar «Real Sosedad»ga imkoniyatni boy berib qo‘ysa, uchinchi o‘rinda kamida bir haftaga qolib ketishlari mumkin bo‘ladi. «Valensiya» esa 11 ochko bilan bor-yo‘g‘i 16-o‘rinda bormoqda. 

Shuningdek yana bir uchrashuv Barselonada bo‘lib o‘tdi. «Espanol» mavsum debyutanti «Leganes»ni ikkinchi bo‘limda kiritilgan gollar evaziga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Kataloniya jamoasi hisobidagi ochkolar soni 18taga yetdi va ular musobaqa jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. «Leganes» 13 ochko bilan 15-pog‘onasini band etib turibdi.

La-liga.
13-tur

Sevilya – Valensiya – 2:1 (0:0)
Gollar: Garay (53, avtogol), Parexa (75) - Munir El-Haddodiy (65).
Sevilya: Riko, Rami, Parexa, Merkado, Sarabiya, Kranevitter (Korrea, 72), Nzonzi, Vitolo, Eskudero (Kiyotake, 46), Vaskes, Vetto (Ben-Yyedder, 61).
Valensiya: Diyego Alves, Mangalya, Garay, Abdennur (Munir, 62), Joau Kanselu, Peres, Suares (Santi Mina, 80), Sikeyra (Gayya, 80), Parexo, Rodrigo, Nani.

Espanol – Leganes - 3:0 (0:0)
Gollar: Moreno (47), Pyatti (51), Pyatti (88).
Espanol: Lopes, Sanches, Lopes Silva, Reyyes, Karikol, Reyyes (Kaysedo, 46), Xurado, Xavi Fuego, Pyatti, Moreno (Mark Roka, 85), Baptistao (Diop, 70).
Leganes: Serantes (Brinoli, 30), Bustinsa, Insua, Mantovani (Machis, 77), Dias, Adames, Timor, Ramos, Pires, Lopes, Lusiano (Gerrero, 76).
Ogohlantirishlar: Dias (16), Mantovani (47), Xurado (68).

Mavzuga oid
Top