19:51 / 28.11.2016
5591

Futbolchi Qozog‘istonda tanish-bilishlarsiz jamoa topish mashaqqatlari haqida gapirdi

Qozog‘istondagi nashr futbol bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi murabbiylar shtabi va rahbariyati doimiy ravishda iste'dodli va mahoratli futbolchilar tanqisligidan shikoyat qilishiga e'tibor qaratgan.

"Klublar "uchinchi toifali" legionerlar bilan shartnomalar tuzadi. Ular Ikkinchi ligada yoki havaskor darajadagi chempionatlarda to‘p suruvchi mahalliy yoshlarga e'tibor qaratishmaydi", deyilgan maqolada.

Misol sifatida, 21 yoshli hujumchi Bekjan Abdraxman Ikkinchi Ligada 25 o‘yinda 27 gol urgani keltirilgan. Mavsum to‘purari bo‘lgan bu futbolchiga Premer-Liga jamoalari e'tibor qaratmagan. Chunki, uning yaxshi aloqalari va "akalari" bo‘lmagan.

Chimkentdagi maktabning yosh tarbiyalanuvchisi (SDYuShOR № 7 jamoasi futbolchisi) shunday degan.

"Mening asosiy orzum — Qozog‘iston milliy terma jamoasi uchun o‘ynash. Lekin afsuski, Qozog‘istonda bitta muammo bor — istalgan klub safiga o‘tish uchun juda yaxshi tanishlar kerak bo‘ladi. Shu tufayli juda ko‘p yosh futbolchilar bir chetda qolib ketadi", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Sports.kz.

U Ikkinchi Ligadagi a'lo natijalariga qaramasdan Qozog‘istondagi bironta klub unga qiziqish bildirmaganini aytib o‘tgan.

Mavzuga oid
Top