15:22 / 28.11.2016
6085

Qirg‘izistonning xalqaro zaxiralari 1,9 milliard dollarga yetdi

Foto: © Flickr

Qirg‘izistonning 2016 yil oktabr oyi yakuniga ko‘ra xalqaro zaxiralari 1,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bunday ma'lumot hukumat yig‘ilishida ma'lum qilingan.
 
Ta'kidlanishicha, yil boshidan beri zaxiralar 165,8 million dollar, yoki 9,3 foizga o‘sgan. Shuningdek, joriy yilda aholi pul o‘tkazmalarining yalpi hajmi ham oshib bormoqda.
 
2016 yilning 9 oyi davomida jo‘natmalar tarmog‘i orqali $1,4 milliard o‘tgan bo‘lib, bu o‘tgan yildagi shunday ko‘rsatgichga nisbatan 15,4 foizga ko‘pdir.

QRdan 259 million somlik o‘tkazmalar amalga oshirilgan. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan 0,9 foizga kamroq. Natijada mamlakatga pul jo‘natmalarining sof to‘planishi 19,6 foizga ortdi. Shu bilan bir qatorda, o‘tkazmalarning 97,4 foizi Rossiyaga to‘g‘ri keladi.
 

Mavzuga oid
Top