17:26 / 28.11.2016
3859

Kuvayt hukumati umumsaylovlardan so‘ng iste'foga chiqdi

Foto: EPA

Kuvayt amiri shayx Sabah al-Ahmad al-Jabbor 28 noyabr kuni mamlakat hukumati rahbarini qabul qilgan. Unda Vazirlar mahkamasi iste'foga chiqarilishi ma'lum qilingan, deb xabar qilmoqda KUNA agentligi.

Shayx Jabbor al-Muhammad al-Hamad as-Sabah hukumati 2013 yil avgust oyidan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan edi. Vazirlar mahkamasi Kuvayt Milliy majlisiga o‘tkazilgan saylovlardan so‘ng, iste'foga chiqqan. 26 noyabrda bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, muxolif partiya vakillari qonun chiqaruvchi davlat organidagi deputatlik o‘rnining uchdan bir qismini egallashga muvaffaq bo‘lgan edi. 

Top