23:43 / 28.11.2016
16536

Toshkent shahrida bosqinchilik yo‘li bilan o‘g‘irlikni amalga oshirgan jinoyatchilar ushlandi

Foto: © Fotolia

“Na postu” nashrining xabar berishicha, poytaxtning Shayhontohur tumanida sodir bo‘lgan hodisada Saida Qozimova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) jabr ko‘rgan. Uning uyiga bostirib kirgan bosqinchilar 20 million so‘mdan ortiq pul mablag‘larini, bir necha mobil telefoni, shuningdek, zargarlik buyumlarini o‘marib ketishgan.

Shu tumanda ro‘y bergan yana bir holatda esa uch kishidan iborat jinoiy guruh Hamid Safarovning uyiga bostirib kirib, pichoq bilan po‘pisa qilgan hamda yirik pul mablag‘lari, zargarlik buyumlarini o‘marishgan.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida esa Zilola Zokirovaning xonadoniga olti kishi bostirib kirgan. Ular ayolning bo‘yniga pichoq tirab, pul va barcha qimmatbaho buyumlarini berishini talab qilishadi. Xonadondan topilgan ming AQSh dollaridan ko‘proq pul mablag‘i, uchta qimmatbaho uzuk va ziraklarni olib, voqea joyidan yashirinishadi.

Nashrning xabar berishicha, uchta holatda ham jinoyatchilar tezkor tadbir davomida ushlangan.
 

Mavzuga oid
Top