19:29 / 28.11.2016
4409

WikiLeaks yarim milliondan ortiq diplomatik hujjatlarni e'lon qildi

Foto: Reuters

WikiLeaks portali AQShning 1979 yilgi yarim milliondan ortiq diplomatik hujjatlarini el'on qildi. Bu haqda resurs asoschisi Julian Assanj matbuot relizida xabar bergan.

Chop etish bugun amalga oshirilgan bo‘lib, bu “keyblgeyt” (AQSh diplomatik telegrammalarining sizib chiqishi)ning olti yilligi kunida sodir bo‘ldi. Uning oqibatida WikiLeaks va bir qator OAVlarida maxfiy hujjatlar oshkor etilgandi.

Bu safar esa portal deyarli 532 ming diplomatik materiallarni taqdim etdi. Assanjning so‘zlariga ko‘ra, aynan 1979 yilda zamonaviy davrning boshlanish nuqtasi bo‘lgan ekan. WikiLeaks asoschisi bunga misol tariqasida Erondagi islom inqilobi, Misr va Isroilning Kemp-Devid kelishuvi, Afg‘onistonga Sobiq Ittifoq qo‘shinlarining kiritilishi, Saddam Husaynning hukumatga kelishi, Buyuk Britaniyada Margaret Tetcherning g‘alabasi va boshqa voqealarni keltirgan.

Mavzuga oid
Top