20:04 / 29.11.2016
6657

«Atletiko Nasonal» Sudamerikana kubogini «Shapekoense» klubiga topshirishni taklif qildi

Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» klubi bugun aviahalokatga uchragan «Shapekoense» klubini Sudamerikana kubogi g‘olibi sifatida e'lon qilishni taklif qildi. Bu haqda Esportebandab xabar berdi.

Janubiy Amerikaning klublari o‘rtasida nufuzi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan Sudamerikana kubogi finalining dastlabki o‘yini 1 dekabr kuni Kolumbiyada, 7 dekabr kuni esa Braziliyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

30 noyabr kungi birinchi finalda «Atletiko Nasonal» «Shapekoense» klubiga qarshi bellashishi lozim edi.

Ammo bugun, o‘yinga uchib ketayotgan «Shapekoense» klubi samolyoti Kolumbiyaning Medelin shahri yaqinida halokatga uchradi.

Qulab tushgan samolyot bortida bo‘lgan 81 kishidan 75 nafari halok bo‘lgan.

Omon qolganlar «Shapekoense» futbolchilari Alana Rushel, Markos Danilo va Jyekson Folman, hamda reys styuardessasi Ximena Suares va braziliyalik jurnalist Rafael Xentsel ekani aytildi. Keyinroq jamoa darvozaboni Markos Daniloning shifoxonada joni uzildi.

KONMeBOL xalqaro turnirlarni bekor qildi.

Mavzuga oid
Top