16:05 / 29.11.2016
3846

BMT: Halabda so‘nggi bir necha kun ichida 16 ming kishi o‘z uyini tashlab chiqib ketdi

Foto: © AFP

BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O'Brayyenning ma'lum qilishicha, Suriyaning Halab shahrida deyarli 16 ming kishi shaharning sharqiy qismida janglar boshlanishidan bir necha kun avval o‘z uylarini tashlab chiqib ketishgan.

"Halabning sharqiy tumanlarida so‘nggi kunlarda kuzatilgan hujumlarning ko‘payishi minglab tinch aholini shaharning boshqa qismlariga qochishga majbur qildi. Xabarlarga ko‘ra, 16 ming kishi o‘z uyini tashlab chiqib ketgan", — deyiladi O'Brayyenning bayonotida.

O‘rinbosarning ta'kidlashicha, shaharning bu qismida kasalxonalar ishlamayapti, oziq-ovqat zaxiralari ham oxirlab qolgan. Janglar shu tarzda davom etsa, vaqtinchalik xavfsiz joylarga ko‘chib ketganlar soni bir necha ming kishiga yetishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Halabdagi vaziyat so‘nggi oylarda o‘ta murakkablashgan. Shahar va uning atrofida og‘ir janglar kechmoqda. Terrorchilik guruhlari esa shaharning sharqiy mavzelarida 200-300 mingga yaqin tinch aholini kuch bilan ushlab turibdi. 

Top