18:42 / 29.11.2016
5379

«MYu» rahbariyati Mourinoning harakatlaridan norozi bo‘lmoqda

«Manchester Yunayted» jamoasi vitse-prezidenti Ed Vudvord Joze Mourinoni APLning 13-turi doirasida «Vest Hem»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yin davomida qizil kartochka olgani uchun jarimaga tortmoqchi emas.

Shu bilan birgalikda klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisning FA tomonidan bir oy ichida uchinchi marta ayblanishidan norozi bo‘lmoqda.

«Manchester Yunayted» rahbariyati vakillarining fikricha Mourino bunday harakatlari bilan jamoaning keyingi 27 yildagi eng yomon startidan boshqalarni chalg‘itmoqchi bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mourino londonliklar jamoasiga qarshi o‘yin vaqtida Pol Pogbaga simulyatsiya uchun sariq kartochka ko‘rsatgan hakam Jonatan Mossning qaroriga keskin ravishda norozilik bildirgandi va hakam unga qizil kartochka ko‘rsatib, uni tribunaga haydagandi. FA Mourinoni ruxsat etilmagan harakatlarni sodir etishda aybladi.

Mavsum avvalida APLning barcha murabbiylari o‘yin vaqtida suv idishlarini uloqtirish jazolanish xususida ogohlantiriladi.

Mourino o‘tgan oyda «Liverpul»ga qarshi o‘yinda hakamlik qilgan Entoni Teylor sha'niga haqoratli so‘zlar aytgani uchun 50 ming funt miqdorida jarimaga tortilgan va 1 o‘yindan diskvalifikatsiya qilingandi. Uning «Vest Hem»ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun 2 o‘yindan diskvalifikatsiya qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.

Top