20:34 / 29.11.2016
5410

Saylov-2016: 42 mingga yaqin fuqaro muddatidan oldin ovoz berib bo‘ldi

Foto: O‘zA

2016 yilning 28 noyabr kuni soat 20:00 ga qadar 41,72 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Prezident saylovida muddatdan oldin ovoz berib bo‘ldi. Jarayon davom etmoqda. Bu haqda MSK Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatdan oldin bo‘lib o‘tadigan saylovlar 24 noyabrdan 2 dekabrga qadar davom etadi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘ladigan saylovlarda 21,4 mln. fuqaro ishtirok etishi kutilmoqda. Saylov joriy yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Top