15:27 / 29.11.2016
3196

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi navbatdagi xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Tailand poytaxti Bankokda Osiyo Paralimpiya Qo‘mitasining navbatdagi Bosh Assambleya yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Ushbu yig‘ilish mobaynida 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan Para-Osiyo o‘yinlari (Indoneziya), 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya Uyinlari (Tokio), Paralimpiya Qo‘mitasining yillik xisoboti hamda Osiyo mintaqasida paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Bosh assambleya yig‘ilishi 30 noyabrga qadar davom etadi.
 

Mavzuga oid
Top