15:44 / 30.11.2016
9661

Amerikalik mashhur sportchi ikki ayolni zo‘rlagani uchun 20 yilga qamaldi

Foto: © AP

Milliy futbol ligasi (amerikacha futbol)ning 2010 yilgi g‘olibi Darren Sharper ikki ayolni zo‘rlagani uchun 20 yilga qamaldi. Bu haqda The Los Angeles Times xabar bermoqda.

Jabrlanuvchilarning ma'lum qilishicha, u ayollarga uxlatuvchi dori berib, so‘ng ularni zo‘rlagan. Shuningdek, yana bir necha ayol ham shunday ko‘rsatmalarni bergan. Hammasi bo‘lib esa o‘ndan ortiq ayblovchi bo‘ldi.

2013 yildan beri hibsda saqlanayotgan sportchi o‘z aybini tan oldi.

Ma'lumot uchun, Sharper bir necha MFL yulduzlar Uchrashuvi ishtirokchisi sanalib, AQShdagi eng taniqli sportchilardan biridir.
 

Top