19:26 / 30.11.2016
4315

BMT Mo‘sul aholisi ichimlik suvisiz qolayotganini aytdi

Foto: © RIA

Mo‘sulning 500 ming aholisi ichimlik suvi tanqisligidan qattiq aziyat chekmoqda. Bu haqda Iroqda BMTning gumanitar muvofiqlashtiruvchisi Liz Grand ma'lumotiga asoslanib, “Reyter” agentligi xabar bermoqda.

"Qiyinchilik bilan taom topib yeyayotgan yarim millionga yaqin shahar aholisi bugunga kelib suv tanqisligiga uchramoqda. Bu bolalarga, ayollarga va oilalarga qattiq zarba bo‘ladi", — dedi Grand.

Ma'lumot uchun: Mo‘sulni IShID terrorchilik tashkilotidan ozod qilish operatsiyasi 2014 yildan boshlangan. Ushbu operatsiyani Iroqning bir necha kuchishlatar tashkilotlari bilan birga AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya ham olib bormoqda.

 

Top