15:22 / 30.11.2016
3437

Facebook o‘z messenjeri ichida o‘yin o‘ynash funksiyasini yo‘lga qo‘ydi

Facebook endilikda o‘zining Messenger mobil ilovasi hamda veb-versiyaning muloqot bo‘limi ichida o‘yin o‘ynash funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqida TechCrunch nashri xabar berdi

2D-ko‘lamdagi Pacman, Arkanoid va Space Invaders kabi ko‘plab o‘yinlarni xabarlar menyusi ichidagi geympad sohasini bosish orqali o‘ynash mumkin bo‘ladi. Foydalanuvchiga o‘yinlar nomi yozilgan ro‘yxat taqdim etiladi, ulardan birini tanlab, suhbatdosh bilan birga o‘ynaladi. 

Loyiha Instant Games nomini oldi. Uning asosida HTML5 yotadi. Shunday ekan, xohlagan o‘yiningizni o‘ynab, yutuqlaringizni Facebook lentasida do‘stlaringiz bilan bo‘lishishingiz mumkin. 

Mavzuga oid
Top