13:43 / 30.11.2016
7410

Firibgar xodim jazoga tortildi

Foto: Huffingtonpost.com

Sirdaryo viloyati kardiologiya dispanseri xodimi Davron G‘iyosov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Sirdaryo viloyat hokimligi tomonidan Respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibasi bo‘lgan San'atxon Yo‘lchiyevaga mukofot tariqasida berilgan “Neksiya” rusumli avtomashinani uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1200 AQSh dollari so‘raydi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Firibgar 800 AQSh dollarini o‘ziga, 400 AQSh dollarini esa go‘yoki sog‘liqni saqlash sohasidagi ayrim shaxslarga berishi lozimligini aytib, g‘olibaning ishonchiga kirmoqchi bo‘ladi.

S.Yo‘lchiyeva o‘z navbatida bu so‘rov noqonuniy harakat ekanligini anglab, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda Davron G‘iyosov 1200 AQSh dollarini Toshkent shahridagi kafelardan birida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sud hukmi bilan Davron G‘iyosovga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

Top