00:58 / 30.11.2016
14409

Germaniya kontrrazvedkasida IShID josusi aniqlandi

Germaniya kontrrazvedkasi o‘z safida IShIDga ishlagan josusni aniqladi. Bu haqda Spiegel nashri xabar bermoqda
  
Jurnalistlarning yozishicha, kontrrazvedkada xodimlardan biri oxirgi yillar davomida Suriya va Iroqda jang qilayotgan IShID a'zolariga maxfiy axborotni bergani aniqlangan.

Hozir josus qo‘lga olingan. U 51 yoshda bo‘lib, Germaniya fuqarosi. Josus aybini tan oluvchi ko‘rsatmalar bera boshlagan va ekstremistlarga Germaniyaning Kyoln shahrida teraktlar uyushtirishda yordam berish maqsadida axborot to‘plaganini tan olgan.

 

Top